
Jamiyat
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda qator tashkilotlar hamkorligida “Ma’naviyat ekspertizasi” loyihasi yo‘lga qo‘yilayotgani ijtimoiy tarmoqlarda turlicha bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Axborot xizmati munosabat bildirdi. Unga ko’ra, ushbu loyiha mediakontentlarning yoshlar, ayniqsa, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga ta’siridan xavotirlangan ota-onalar, ziyolilar, shuningdek, keng jamoatchilik so‘rovi, talab va tashabbuslari asosida joriy qilinmoqda.
Ya’ni loyiha bolalar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va o‘sib kelayotgan avlodning ongiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan mediamahsulotlar tarqatilishini oldini olishga qaratilgan. "Ma’naviyat ekspertizasi" loyihasi media mahsulotlarga senzura qo‘ymaydi.
“Ekspertlarning faoliyati media kontent ishlab chiquvchilar, ijodiy guruhlar va badiiy kengashlar uchun tavsiyaviy takliflar ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. Bunda ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar, ijodkorlar, blogerlarning ijod erkinligiga daxl qilinmaydi”, deyiladi xabarda.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q