Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdor xodim korrupsiyada ayblanib, qamoqqa olindi

Saqlash
19:30 / 12.11.2024 487 0

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdor xodim korrupsiyada ayblanib, qamoqqa olindi.

 

"Farg‘ona viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi boshlig‘i viloyatdagi tumanlardan birining elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi 2024-yil 9 oylik faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun kelgusida ishdan bo‘shatilmasligi evaziga, undan 1000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu noqonuniy ishga AJning xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i ham aloqador ekani aniqlangan.

 

Hozirda mazkur ikki shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//