
Jamiyat
Ushbu haftaning boshida O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet”. 11-12-noyabr kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida va respublika janubida 12-noyabr kuni kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Bu kunlarda havo harorati deyarli o‘zgarmaydi va kechalari 2-7 daraja, kunduz kunlari 12-15 daraja, ba’zi joylarida 17 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
13-noyabrda O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Respublikaning katta qismida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari, yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda qorga aylanadi. Havo harorati kunduzi 5-10 daraja iliqqacha pasayadi. 13-noyabr kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi deyarli barcha joylarda to‘xtaydi. 14-15-noyabr kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda 14-noyabrga o‘tar kechasi biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
14-15 noyabrda harorat kechalari 0-3 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari 14-noyabrda 5-10 daraja iliq, 15-noyabrda 8-13 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Poytaxtimizda: bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13-noyabr-chorshanba kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shamol 10-12 m/s gacha kuchayadi. 14-15-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan 11-12-noyabrda kechalari 2-5 daraja iliq, kunduz kunlari 12-15 daraja iliq bo‘ladi. 13-noyabrda kechasi va kunduzi 5-8 daraja iliq bo‘ladi. 14-15-noyabrda kechalari 0-2 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari 8-11 daraja iliq bo‘ladi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q