Samarqandda “Ko‘rfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tadi

Saqlash
14:45 / 12.11.2024 199 0

2025-yil Samarqandda “Ko‘rfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni navbatdan tashqari arab-islom sammitidagi nutqida aytib o‘tdi.

 

Prezident nutqida Falastin va Livan hududidagi mislsiz gumanitar inqirozning oldini olish maqsadida davlatlar tomonidan hamda yetakchi xalqaro tashkilotlar doirasida yordam ko‘lamini kengaytirish lozimligini ta’kidladi.

 

 

"Birlashgan Millatlar Tashkilotining katta tajribaga ega bo‘lgan Maxsus agentligi va boshqa institutlari faoliyatiga zaruriy ko‘makni oshirish tarafdorimiz. Shu o‘rinda biz urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni O‘zbekiston shifoxonalarida beg‘araz davolashga tayyorligimizni bildiramiz. Biz Falastin xalqiga amaliy yordam ko‘rsatish masalalarini kelgusi yili Samarqandda o‘tadigan “Ko‘rfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” sammitida ham muhokama qilish niyatidamiz", dedi Prezident.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//