Siyosat
O‘zbekistonda nashriyot-matbaa faoliyatidan olingan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq to‘lovchilar 2025-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda mazkur faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘ini (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) to‘lashdan ozod etiladi.
2023-yil dekabrda o‘tkazilgan Prezident yig‘ilishida ushbu masala muhokama etilgandi. Unda nashriyot va matbaa korxonalarining moliyaviy imkoniyatlari kengaytirilishi, moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi zarurligi ta’kidlangandi. Shu maqsadda ushbu korxonalar 5 yilga soliqlardan ozod qilinishi ma’lum qilinib, ularga imtiyozli kreditlar ajratilishi ham aytilgandi.
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q