Jamiyat
Oliy sud raisi tergov izolyatorlari to‘lib ketgani haqida gapirdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Baxtiyor Islomov bu haqda advokatlar hamjamiyati vakillari bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ma’lum qilgan. U bunday holat 2001-yilda bo‘lganini aytib, qamoq ehtiyot chorasini qo‘llashda sudyalar qat’iyatsizlikka yo‘l qo‘yayotganini, taxminan 97 foiz prokuror iltimosnomalari sudyalar tomonidan qanoatlantirilayotganini tanqid qilgan.
Bir yarim oydan keyin tergov sudyalar ishini boshlashi, ularda bunaqa holat bo‘lmasligi kerakligi, sudyalar bu iltimosnomalarning “notariusi” bo‘lib qolmasligi kerakligini ta’kidlagan u. Shuningdek, Baxtiyor Islomov tergov izolyatorlarida mahbuslar to‘lganiga yechim sifatida yangi qamoqxonalar qurishmas, alternativ ehtiyot choralarini qo‘llash bilan bo‘lishini aytgan.
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
109723
Jamiyat
94103
Jamiyat
89889
Jamiyat
73090
Jamiyat
//
Izoh yo‘q