Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda 9-noyabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 288-maktab o‘qituvchilari maktab hovlisida ishlashga majbur qilingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu xabar yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, 288-sonli maktab o‘qituvchilari va texnik xodimlari o‘z xohishlariga ko‘ra, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida ishtirok etgan.
“Tadbir doirasida mavsumiy gul va turli manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, maktab hovlisi, ariqlar xazonlardan tozalangan. Hech bir pedagog-xodim mazkur xayrli ishni amalga oshirishga majburlanmaganligini bildiramiz. Anonim tarzda e'lon qilingan xabardagi holat o‘z isbotini topmadi”, deyiladi xabarda.
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112429
Jamiyat
95089
Jamiyat
91308
Jamiyat
76007
Jamiyat
//
Izoh yo‘q