Jamiyat
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida noqonuniy ov oqibatida tabiatga katta miqdorda zarar yetkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Tungi nazorat reyd tadbirida Jondor tumanida yashovchi 4 nafar fuqaro elektr qarmoq bilan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 20 dona Turkiston mo‘ylovdorini, shuningdek, 25 dona zog‘orabaliqni ovlagani aniqlandi. Ular baliqlarni olib ketayotgan vaqt tezkor guruh xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.
Huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 1 milliard 603 million 125 ming so‘m zarar yetgan.
Ma’lumot uchun, Qizil kitobga kiritilgan 20 dona Turkiston mo‘ylovdorining har biri uchun 26 million 250 ming so‘m, jami 525 million so‘m zarar hisoblangan. 25 dona zog‘ora baliqning har bir donasi uchun 375 ming so‘m, jami 9 million 375 ming so‘m zarar hisoblangan. Baliqlar taqiqlangan elektr qarmoq yordamida ovlanganligi uchun zararlar 3 baravarga ko’paytirilgan.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar ishga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida prokuratura organlariga taqdim etilgan.
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q