Siyosat
2024-yilning 6-noyabr kuni Qirgʻizistonning Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining 11 sammiti boʻlib oʻtdi. Unda turk dunyosining yangi koʻrinishdagi yagona ramziy bayrogʻi tasdiqlandi.
Bayroq toʻq moviy rangli fon bilan uch asosiy elementni oʻzida aks ettiradi: 8 burchakli yulduz, markazda yulduz va oy hamda 40 ta toʻgʻri nurli quyosh. har bir belgi chuqur maʼnoni aks ettiradi.
Xususan, bayroqning asosiy rangi boʻlgan moviy rang tarixan madaniyati va urf-odatlari bilan assotsiatsiya qilinadigan turkiy davlatlarning farovonligi, birligi va tinchligini anglatadi. Sakkiz-burchak boʻlsa, koʻp asrlik turkiy davlatchilik, barqarorlik va donishmandlikni anglatadi. 40 ta toʻgʻri nurli quyosh turkiy davlatlarning ochiqligi va umumiy qadriyatlarini anglatadi. Yarimoy va yulduz turkiy dunyoning anʼanaviy belgisi sanaladi.
Maʼlumot uchun, 8 burchakli yulduz elementi Oʻzbekiston gerbida ham mavjud.
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q