Jamiyat
Oʻzbekistonda 2025-yil 1-yanvardan boshlab sirk tomoshalarini oʻtkazishda yovvoyi hayvonlardan foydalanish taqiqlanadi. Bundan tashqari fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxati ham tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunning 43-moddaga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʻiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxati hamda ushbu roʻyxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibi tasdiqlandi.
Unga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar taqiqlanadi:
jismoniy shaxslar tomonidan roʻyxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sunʻiy yaratilgan yashash joylarida yoki tutqunlikda saqlash;
davlat va koʻchma sirklarda (shapito) yovvoyi hayvonlarni saqlash va ulardan sirk tomoshalari uchun foydalanish.
Roʻyxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining ruxsatnomalari asosida belgilangan tartibda yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan hayvonot bogʻlarida yoki pitomniklarda saqlanishi mumkin.
Bunda Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi va zaharli hayvonlar maxsus pitomniklarda qonun hujjatlariga muvofiq saqlanadi.
Jismoniy shaxslar, shuningdek, davlat va mobil sirklar (shapitolar) ixtiyoridagi roʻyxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlar shartnoma asosida yovvoyi hayvonlar saqlash uchun hayvonot bogʻlari yoki pitomniklarga pulli yoki bepul topshirilishi mumkin.
Oʻzbekiston faunasiga mansub boʻlganda ular uchun mos tabiiy yashash muhitiga, Oʻzbekiston faunasiga mansub boʻlmaganda esa respublikadan tashqariga qonunchilikda belgilangan tartibda chiqarib yuboriladi.
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q