8-noyabr kuni ayrim hududlarda qor yogʻishi mumkin

Saqlash
11:47 / 07.11.2024 172 0

 

“Oʻzgidromet” ertaga, juma kuni kuzatiladigan ob-havo toʻgʻrisida maʻlumot berdi.

 

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol shardan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0...+2, kunduzi +10...+12 daraja boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi. Havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʻzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +0...+5, baʻzi joylarda -2, kunduzi +8...+13 daraja boʻladi.

 

Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʻzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +0...+5, kunduzi +8...+13 daraja boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʻzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -3...+2, kunduzi +8...+13 daraja boʻladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʻzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0...+5, kunduzi +8...+13 daraja boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +1...+6, kunduzi +13...+18 daraja boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʻzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7, kunduzi +8...+13 daraja boʻladi.

 

Respublikaning togʻli hududlari. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʻzi joylarga tuman tushishi mumkin. Togʻoldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʻzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -0...-5, kunduzi +0...+5 daraja boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//