Jamiyat
Samarqand shahriga noyabr oyida rejalashtirilgan 30 ta elektrobuslarning 8 tasi olib kelindi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, yil yakuniga qadar yana 64 ta elektrobuslar keltirilishi rejalashtirilgan. Umumiy hisobda ularning 100 ta yetkaziladi.
“Hozirda elektrobuslarni rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda. Rejadagi transport vositalari olib kelingach, belgilangan tartibda Samarqand shahar jamoat transporti yoʻnalishlariga biriktiriladi”, deyiladi xabarda.
Samarqand Oʻzbekistonda YTTBning “Yashil shaharlar” dasturiga qoʻshilgan birinchi shahardir. Loyiha doirasida Samarqand shahar jamoat transporti yoʻnalishlarida elektrobuslar harakati yoʻlga qoʻyilishi belgilangan.
2023-yil may oyida mazkur loyihaga asosan dastlabki elektrobuslar shaharga olib kelinib, M1-sonli Temiryoʻl ABB—Samarqand xalqaro aeroporti yoʻnalishida yoʻlovchilar xizmatiga chiqarilgan edi.
YeTTBning 2016-yilda tashkil etilgan “Yashil shaharlar” dasturi har bir ishtirokchi shaharga kamroq uglerodli va yanada barqaror kelajakka qarab harakatlanishga qaratilgan noyob chora-tadbirlar kombinatsiyasi orqali yechimlarni uning ekologik ehtiyojlariga moslashtirishda yordam beradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q