
Siyosat
Oʻzbekiston prezidenti maktablarda turkiy xalqlar va ularning tarixi, etnografiyasi, madaniyati va sanʼati haqida fakultativ darslarni yoʻlga qoʻyishni taklif qildi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida nutq soʻzladi.
Davlat rahbari soʻzlariga koʻra, tashkilot doirasida siyosiy va xavfsizlik masalalarida muloqotlarni tizimli davom ettirish, umumiy manfaatlardan kelib chiqib, xalqaro muammolar boʻyicha yakdil va aniq pozitsiyani faol ilgari surish maqsadga muvofiqdir.
‘Bu oʻrinda gap, eng avvalo, Yaqin Sharqda davom etayotgan adolatsiz urush va kuzatilayotgan ikki yoqlama standartlar haqida bormoqda. Gʻazo sektori va Livandagi misli koʻrilmagan gumanitar fojiani, tinch aholiga qarshi vayronkor hujumlarni, ayniqsa, begunoh bolalar, keksalar va ayollar qurbon boʻlayotganini hech narsa bilan oqlab boʻlmaydi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin qochoqlariga yordam berish boʻyicha maxsus agentligi faoliyatini cheklashga qaratilgan harakatlarni ham keskin qoralaymiz.
Mazkur koʻp yillik nizoning yagona yechimi – xalqaro meʼyoriy hujjatlar va rezolyutsiyalarga muvofiq, 1967-yildagi chegaralar asosida, poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan mustaqil Falastin davlatini tuzishdir”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident shuningdek, Qardosh xalqlarni yanada yaqinlashtirish, yoshlarni ajdodlarga munosib ruhda tarbiyalash maqsadida tashkilotga aʼzo mamlakatlar tillarida turkiy xalqlar ogʻzaki ijodining koʻp jildlik toʻplamini nashr etish, birgalikda fundamental tadqiqotlar olib borish, maktablarda turkiy xalqlar va ularning tarixi, etnografiyasi, madaniyati va sanʼati boʻyicha fakultativ darslarni yoʻlga qoʻyish muhimligini taʼkidladi.
Shu maʼnoda, Oʻzbekiston Turkiy madaniyat va meros jamgʻarmasining toʻlaqonli aʼzosi boʻlishga tayyorligi bildirildi.
Soʻzining yakunida Oʻzbekiston Prezidenti Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanni Turkiy dunyoning oliy ordeniga sazovor boʻlgani bilan samimiy tabrikladi.
Sammit yakunida Bishkek deklaratsiyasi, Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Turkiy dunyo xartiyasi, shuningdek, hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha qator kelishuvlar qabul qilindi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q