Siyosat
Erkinjon Turdimov 5-noyabr kuni Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Qonunchilikka ko‘ra viloyat hokimi lavozimiga nomzod prezident tomonidan taqdim etiladi hamda ushbu nomzod bo‘yicha partiya guruhlari bilan maslahatlashuv o‘tkaziladi. Xabarda aytilishicha, shu munosabat bilan viloyat hokimi lavozimiga nomzod bo‘yicha partiya guruhlari bilan maslahatlashuv o‘tkazish uchun prezident maslahatchisi G.Mirzayev sessiya ishida ishtirok etdi. Maslahatlashuvda prezident tomonidan Samarqand viloyati hokimi lavozimiga Erkinjon Turdimov nomzodi ko‘rsatilgani bildirildi. Konstitutsiyaning 122-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi qarori bilan Erkinjon Turdimov nomzodi Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Erkinjon Turdimov 2018-yilning iyulida Samarqand viloyati hokimi etib tayinlangandi.
Shuningdek, bugun Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi etib qayta tasdiqlandi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar qildi. 5-noyabr kuni o‘tkazilgan xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlangan. 2022-yilda Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. 2023-yilning mart oyida u Xorazm viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109702
Jamiyat
94089
Jamiyat
89871
Jamiyat
73043
Jamiyat
//
Izoh yo‘q