Prezident 5−6-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Bishkekda bo‘ladi

Saqlash
11:13 / 05.11.2024 106 0

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 5−6-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmatining xabar qildi.

 

Ta’kidlanishicha, bu galgi sammit kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari o‘rin olgan. “Har doimgidek, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik aloqalarini rag‘batlantirish, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish vazifalari e’tibor markazida bo‘ladi.  Yetakchilar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadi”,  deyiladi xabarda.

 

Yig‘ilish yakunida qator qo‘shma qaror va hujjatlar, jumladan, O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Turkiy dunyo xartiyasi qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//