Xovos tumani hokimining sobiq o‘rinbosari 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Saqlash
10:43 / 05.11.2024 143 0

Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimining sobiq o‘rinbosari 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi.

 

Amaldor 2024-yilning may oyida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi korxonaga tegishli yerlarni hokimlik zaxirasiga olmaslik evaziga 20 ming dollar talab qilgan. Shu bilan birga, u tashkilot faoliyatiga hech kim aralashmasligini ta’minlashi kerak bo‘lgan, biroq 1000 dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan (Juda ko‘p miqdorda firibgarlik), shuningdek, 28,211-modda 3-qismi “a” bandi bilan (Juda ko‘p miqdorda pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//