Jamiyat
Bugun o‘zbek she’riyati og‘ir judolikka uchradi. Iste’dodli va taniqli shoir Mansur Jumayev olamdan o‘tdi. Bu haqda uning yaqinlari facebook sahifasida ma’lum qildi.
Mansur Jumayev 1991-yili Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Shoirning “Oq orzularim”, “Hayrat qo‘shiqlari”, “Hazrati ishq” nomli she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Yaqinda chop etilgan “Izlam” turkumida “Biz kutgan fasl” nomli she’riy to‘plami chiqqan. Bu shoirning oxirgi kitobi bo‘lib qoldi.
***
Manov osmon,
manov yulduz,
manov yaproq,
manov qushlar
sano aytar habibimga
mingta rangu ming tovushda.
Manov temir,
manov toshlar
aro nafsim ko‘zin xushlab,
manam borman,
man borarman –
jon hovuchlab,
ruh hovuchlab.
Kelar,
ketar,
tinar,
shoshar –
o‘ng tarafim,
so‘l tarafim…
ichimda bir daryo toshar:
zikri xafiy,
zikri xafiy.
Sassiz kishnar qayg‘ulanib
asovlarim,
ayg‘irlarim…
ulug‘ sevgi – pinhon sevgi:
hayqirmadim,
hayqirmadim.
Biz shundayin sug‘ro, g‘arib,
biz shundayin kubro, sharif,
biz shundayin yaldoli tun,
biz shundayin subhi zarif.
Bizga bir yor yordir – tamiz,
sukut bizni esh etadir:
sevgimizni sevgilimiz
aytmasak ham eshitadir!
Mansur Jumayev
Oyina.uz jamoasi shoirning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q