O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

Saqlash
20:33 / 04.11.2024 378 0

Ertadan respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo harorati asta-sekin pasayishi boshlanadi, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet”. Havo harorati 5-noyabrda kunduzi 13-18 daraja iliq, 6-noyabrda 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi, 7-8-noyabrda esa harorat 5-10 daraja iliqqacha pasayadi. Kechalari sovuq bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida 7-8-noyabr kunlari harorat kechalari 0-5 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, Ustyurtda 3-4 daraja sovuqqacha pasayadi.

 

5-6-noyabr kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 7-8-noyabrda hududning katta qismida yomg‘ir kuzatilmaydi. 7-noyabr kuni Surxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysida, shuningdek, 7-8-noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida asosan jadalligi biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi. Shimolda yomg‘ir va ho‘l qor ko‘rinishidagi aralash yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli bor.

 

Tog‘larda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanadi), 5-6-noyabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 7-8-noyabr kunlari ayrim joylarga tuman tushadi.

 

Poytaxtimizda bugun 4-noyabrda kechga tomon yomg‘ir yog‘adi, 5-6 noyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 7-8-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 4-5-noyabrda 10-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati bugun kunduzi 23-25 daraja iliq, 5-noyabrda 15-17 daraja iliq, 6-noyabrda 10-12 daraja iliq, 7-8 noyabrda 7-10 daraja iliq bo‘ladi. 5-6 noyabrda kechalari 10-12o iliq, 7-noyabrda 4-6 daraja iliq, 8-noyabrda 0-3 daraja iliq bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//