Jamiyat
Toshkent shahrida isitish mavsumi 7-noyabrdan boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar qildi.
“Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, 2024-yil 5-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi. Muvofiq ravishda, 7-noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, fuqarolardan turar-joy va muassasalarda issiqlik ta’minoti yoqilishi jarayonida muammo, nosozliklar aniqlanganda yoki issiqlik yetkazib beruvchi tashkilot mutasaddilari tomonidan belgilangan ishlar to‘laqonli amalga oshirilmayotganining guvohi bo‘linganda 1055 yoki 71 210-01-87, 71 210-01-41, 71 210-01-11, 71 210-01-63 raqamlariga murojaat qilishlari so‘ralgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q