Zarafshon aeroporti faoliyati tiklanadi

Saqlash
20:40 / 01.11.2024 357 0

 

Prezident rahbarligidagi yigʻilishda Navoiy viloyati infratuzilmasi bilan bogʻliq masalalar ham muhokama qilindi.

 

Masalan, Zarafshon shahri aholisi 2-3-yilda 100 mingdan oshadi. Shu bois, Zarafshon hududini Tomdi tumani hisobidan 2 ming gektarga kengaytirib, 150 ming aholi uchun sharoit yaratish zarurligi qayd etildi.

 

Shuningdek, Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida jami 200 ming aholi yashashi, ular Toshkent shahriga kelish uchun avval avtomobilda 250-300 kilometr yoʻl yurib, Navoiy shahriga borishi, keyin esa, bu yerdan poyezd yoki samolyotga oʻtirib, poytaxtga borishga majbur boʻlayotgani aytib oʻtildi.

 

Zarafshon shahridagi 80-yillarda qurilgan aeroport esa hozirda ishlamayapti. Masʼullarga ushbu aeroport faoliyatini qayta tiklash masalasini oʻrganib, tegishli takliflar kiritish topshirildi.

 

Mutasaddilarga ayollarni kasbga oʻqitish, bandligini taʼminlash, yoshlar bilan ishlashni yaxshilash yuzasidan topshiriqlar ham berildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//