Siyosat
Bu taklifni mamlakat ichki ishlar vazirligi bildirgan.
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi mamkalatda Counter Strike va Grand Thef Auto (GTA) videooʻyinlari tarqatilishini taqiqlashni taklif qildi, deb yozdi Avesta axborot agentligi.
Vazirlik fuqarolar, kompyuterxona egalariga murojaat qilib, zoʻravonlik sahnalari aks etgan videooʻyinlarga kirishni cheklab qoʻyishni soʻramoqda.
Mamlakat Madaniyat vazirligi Counter Strike va GTA oʻyinlarini tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazgan. Ekspertiza bu videooʻyinlar zoʻravonlik, qotillik va bosqinchilik unsurlarini oʻz ichiga olganini qayd etib, ularni milliy madaniy va axloqiy qadriyatlarga zid deb topgan.
Huquqni muhofaza qilish organlari bunday oʻyinlarni muntazam oʻynaydigan yoshlar va oʻsmirlar orasida jinoiy xatti-harakatlar koʻpayib borayotganini qayd etgan.
Dushanbe IIV boshqarmasi kompyuterxona egalaridan bunday oʻyinlarga ruxsat berishni toʻxtatishni talab qilishni boshlagan.
IIV esa ota-onalarga farzandlarini bunday oʻyinlarni oʻynashdan qaytarib, ularning boʻsh vaqtlarini nazorat qilishni tavsiya qilmoqda.
Dushanbe militsiyasi bu oʻyinlarning tarqalishiga qarshi kurash maqsadida kompyuterxonalarda doimiy reydlar va tekshiruvlar oʻtkazishi reja qilgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q