Toshkentning yangi darvozalari quriladi

Saqlash
22:29 / 30.10.2024 275 0

Toshkentga toʻrtta kirish darvozasining eskiz konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha ochiq xalqaro tanlov boshlandi.

 

“Loyiha zamonaviy va anʻanaviy gʻoyalar uygʻunlashgan Toshkentni oʻzgartirish yoʻlidagi yana bir qadam boʻlishi kerak,” – deyiladi “Tashkent Invest” kompaniyasi xabarida.

 

Darvozani oʻrnatish boʻyicha qurilish ishlarini 2024-yildan boshlash rejalashtirilgan. Ular toʻrtta hududda quriladi:

 

Parkent va Ohangaron shossesining kesishgan joyida “Rohat” posti;

 

“Xuton” masjidi yonidagi “Bektemir” posti;

 

“Abu Saxiy” bozori yaqinidagi “Erkin” posti;

 

“Uch qahramon” posti Amir Temur shohkoʻchasi va Katta halqa yoʻli chorrahasi yaqinida.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun 2024-yil 7-noyabrdan kechiktirmay tanlovning info@tashkentinvest.com elektron manziliga ariza yuborishingiz lozim.

 

2024-yil 31-oktyabrda arizalarni qabul qilish boshlanadi, 7-noyabr esa qabul yakunlanadi. 2024-yil 11-noyabr finalchilar eʻlon qilinadi, 30-noyabr kuni tanlov gʻolibi eʻlon qilinadi.

 

Tanlov YUNESKO tavsiyalariga muvofiq oʻtkaziladi va gʻoliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

 

Birinchi oʻrin — 100 mln soʻm;

 

Ikkinchi oʻrin — 50 mln soʻm;

 

Uchinchi oʻrin — 30 mln soʻm.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//