Jamiyat
British Journal of Sports Medicine jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, atigi bir yoki ikki kunlik jismoniy mashqlar aqliy zaiflashuv xavfini 15 foizga kamaytiradi.
Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, faqatgina dam olish kunlarida sport bilan shugʻullanishning oʻzi ham aqliy zaiflashuvni sekinlashtirishda hafta davomida mashq qilish kabi foydali boʻlishi mumkin.
British Journal of Sports Medicine jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, bir yoki ikki kun davomida jismoniy mashqlar qilish yengil demensiya xavfini kamaytirishda muntazam ravishda sport bilan shugʻullanishdan samaraliroq.
Oʻtgan oyda eʼlon qilingan boshqa tadqiqotga koʻra, dam olish kunlaridagi mashqlar yuqori qon bosimi, diabet, buyrak kasalliklari kabi 200 dan ortiq xastaliklarning rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Tadqiqotchilar haftada bir yoki ikki kun mashq qiladigan “dam olish kuni jangchilari”da yengil demensiya xavfi oʻrtacha 15 foizga, muntazam mashq qiladigan “sportchilar”da esa 10 foizga kamayganini aniqlagan.
Tadqiqotlarda oʻrtacha yoshi 51 atrofida boʻlgan 10 mingdan ortiq odam ishtirok etgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q