Jamiyat
Farg‘ona viloyati hokimi qarori bilan viloyatdagi jamoat transportidan foydalanganlik uchun bir martalik to‘lov 3000 so‘m etib belgilandi. Agar yo‘l haqi kartadan to‘lansa, bu miqdor 2400 so‘m bo‘ladi.
Farg‘ona viloyatida jamoat transportining yangi tabaqalashtirilgan narxlari belgilandi. Bu haqda viloyat hokimi Xayrulla Bozorov 2024-yil 29-oktabrda chiqargan qarorda e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining shaharlarida, shahar yo‘lovchilar transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish xizmatlarining cheklangan tarifi quyidagicha belgilandi.
avtobuslarda bir nafar yo‘lovchi uchun yo‘l haqi — 3000 so‘m;
jamoat transportida elektron shaklda to‘langan to‘lov (transport kartasi, ATTO, bank kartalari) bir nafar yo‘lovchi uchun bir martalik rag‘batlantiruvchi yo‘l haqi tarifi — 2400 so‘m;
yo‘nalishli taksi (mikroavtobus)larda bir nafar yo‘lovchi uchun — 4000 (to‘rt ming) so‘m.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q