Jamiyat
Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi 29-oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MSK matbuot xizmati xabar berdi.
Majlisda hududiy saylov komissiyalarining siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarni aniqlash to‘g‘risidagi bayonnomalariga asosan yagona saylov okrugi bo‘yicha Qonunchilik palatasiga saylov natijalarini belgilash va deputatlik mandatlarini siyosiy partiyalar o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Yagona saylov okrugi bo‘yicha Qonunchilik palatasiga saylovda deputatlik o‘rinlari siyosiy partiyalar o‘rtasida quyidagicha taqsimlandi:
O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi – 26 ta deputatlik o‘rni;
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi – 14 ta deputatlik o‘rni;
Xalq demokratik partiyasi – 13 ta deputatlik o‘rni;
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi – 12 ta deputatlik o‘rni;
Ekologik partiyasi – 10 ta deputatlik o‘rni.
Deputatlik mandatlari taqsimlangan siyosiy partiyalar va partiya ro‘yxati bo‘yicha saylangan deputatlarga xabarnomalar yuborish belgilandi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112432
Jamiyat
95093
Jamiyat
91314
Jamiyat
76011
Jamiyat
//
Izoh yo‘q