Jamiyat
“Oʻzbekkonsert” ogohlantirish bilan chiqdi.
Muassasaning yozishicha, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida konsert-tomosha tadbirlarini amalga oshirishda sanʼatkorlarning “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasini yozma ravishda xabardor qilishi shartligi belgilab qoʻyilgan.
Bundan tashqari, hukumat qarori bilan tasdiqlangan “Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash pasporti” talablarida ham “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasini yozma ravishda xabardor qilmasdan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida konsert-tomosha tadbirlarini amalga oshirish litsenziya talab va shartlarini qoʻpol ravishda buzish hisoblanishi aytiladi.
Ana shulardan kelib chiqib “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi bunday faoliyat noqonuniy ekanligini taʼkidlaydi va xonandalarni mamlakat hududidan tashqarisida konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish va rejalashtirishda “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasini xabardor qilgan holda faoliyat yuritishlari lozimligini soʻraydi.
Xabarda “bugungi kunda ushbu talablarga rioya qilmay xorijda konsert dasturlarini rejalashtirib oʻtkazayotgan xonandalar yoʻq emas”ligi taʼkidlanar ekan, agar sanʼatkorlar litsenziya talab va shartlariga rioya qilmasdan, bunday faoliyatini davom ettirsa, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan ularning litsenziyasi muddatidan oldin toʻxtatilishi maʼlum qilinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q