Ayrim vazirlik va idoralarning rahbar oʻrinbosarlari soni qisqartirildi

Saqlash
17:01 / 29.10.2024 479 0

Ijro etuvchi hokimiyat organlarining shtat birliklari soni muvofiqlashtirildi. Bu haqida Prezident farmonida maʼlum qilindi.

 

Xabarda yozilishicha, ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan:

 

▪️ ayrim respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining shtat birliklari sonini muvofiqlashtirish;

 

▪️ iqtisodiy kompleks tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning rahbar oʻrinbosarlari sonini qisqartirish.

 

Ushbu manzilda qisqartirish kiritilgan vazirlik va idoralar roʻyxati keltirilgan.

 

Maʼlumot uchun, joriy yilning mart oyida Oʻzbekistondagi barcha davlat idoralarida Energy Efficiency Manager lavozimi joriy etilishi haqida Energetika vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Prezident qarori loyihasi taqdim etilgan edi.

 

Loyihda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarida 2025-yil 1-yanvardan boshlab amaldagi rahbar oʻrinbosarlaridan biriga energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi boʻyicha vazifalar yuklatilishi, shuningdek, energiya menejeri lavozimi kiritilishi mumkinligi koʻrsatilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//