Jamiyat
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qoʻshimcha qabul qilishga ruxsat berildi.
Bunda talabgorlarning talab darajasidagi xorijiy til sertifikatga egaligi, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagani inobatga olinadi.
Ular oliy taʼlim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdordagi toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Qoʻshimcha qabul asosida oʻqish istagini bildirganlar bevosita oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishi soʻralmoqda.
Maʼlumot uchun, shu yilning iyul oyida 2024/2025-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlangan edi. Quyida berilgan jadvalda oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari boʻyicha bitta talabani bazaviy toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymatining miqdorlari berilgan:
Eslatma! Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari, belgilangan tartibga muvofiq, 2024/2025-oʻquv yilida qabul qilingan talabalar uchun toʻlov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash huquqiga ega.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q