Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi elchisi tayinlandi

Saqlash
14:17 / 28.10.2024 237 0

Oybek Usmonov Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.

 

U kecha, 27-oktyabr kuni Afgʻoniston poytaxtiga tashrif buyurgan.

 

Diplomat 62 yoshda boʻlib, 2020-2024-yillarda Pokistondagi elchi lavozimida ham ishlagan. U, shuningdek, Misr va Pokistondagi elchisi, 2011-2012 yillarda esa Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimlarida ham xizmat qilgan..

 

Oybek Usmonov 1998-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligining markaziy apparatida hamda vazirlik tizimining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Pashtu-dari va ingliz tillarini mukammal bilgan diplomat Toshkent davlat universiteti(hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan.

 

Maʼlumot uchun, Oybek Usmonov 2012-2024-yillarda Kobulda elchi boʻlib ishlagan Yodgorxoʻja Shodmonov oʻrniga tayinlandi.

 

Shodmonov joriy yilning sentyabr oyida “Tolibon” muvaqqat hukumati bosh vazirining maʼmuriy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Abdul Salom Hanafiy bilan uchrashuvda Afgʻonistondagi missiyasi yakunlanganini rasman maʼlum qilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//