Jamiyat
Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va keng targʻib qilish maqsadida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Respublika ilmiy tadqiqotlar tanloviga start berildi.
Unda olimlar, mustaqil tadqiqotchilar, soha mutaxassislari va talaba-yoshlar ilmiy tadqiqot ishlari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Madaniyat vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
10-noyabrgacha qabul qilinadigan ilmiy maqolalar quyidagi 5 ta yoʻnalishda boʻlishi lozim:
▪️ oʻzlikni namoyon qilish (folklor)ning ogʻzaki anʼanalari va shakllari;
▪️ ijrochilik sanʼati (maqomchilik, sozandachilik, raqs, taqlidchilik, soʻz ustasi, qoʻgʻirchoqbozlik, dorbozlik,..);
▪️ jamiyat urf-odatlari, marosim va bayramlari (oilaviy, xalq, kasbiy va mavsumiy marosimlar);
▪️ tabiat va koinot bilan bogʻliq bilim va urf-odatlar (tabobat va koinot bilan bogʻliq marosimlar, anʼanaviy tabobat, milliy taomlar);
▪️ anʼanaviy hunarmandchilik (qoʻgʻirchoqsozlik, kulolchilik, ganchkorlik, doʻppidoʻzlik, miniatyura) bilan bogʻliq bilim va koʻnikmalar.
Tanlov gʻoliblari BHMning 20 baravari miqdoridagi pul mukofoti (6 mln 800 ming soʻm) va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q