Jamiyat
“Oʻzgidromet” 25-oktyabr, juma kuni kuzatiladigan ob-havo toʻgʻrisida maʻlumot berdi.
Toshkent shahri. Havo biroz bulutli boʻladi, kechqurun yomgʻir yogʻishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+7, kunduzi +21...+23 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7, kunduzi +14...+19 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida baʻzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʻzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +3...+8, kunduzi +13...+18 daraja boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon baʻzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʻzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10, kunduzi +18...+23 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida baʻzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʻzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12, kunduzi +18...+23 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʻzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8, kunduzi +15...+20 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari. Havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin, baland togʻlarda yomgʻir qorga aylanadi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʻzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +0...+5, kunduzi +11...+16 daraja boʻladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q