Shavkat Mirziyoyev Tataristonning “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Saqlash
14:10 / 24.10.2024 238 0

Mukofotni davlat rahbariga Tatariston raisi Rustam Minnixanov tantanali ravishda topshirdi.

 

Qozon shahriga tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyevni Tatariston davlat mukofoti — “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

 

Prezident matbuot xizmatining xabar qiliishicha, mukofotni davlat rahbariga Tatariston raisi Rustam Minnixanov tantanali ravishda topshirdi.

 

 

Shavkat Mirziyoyev ushbu orden bilan O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun mukofotlandi.

 

O‘zbekiston yetakchisi Tatariston rahbariga mukofot uchun samimiy minnatdorlik bildirib, so‘nggi yillarda o‘zaro hamkorlikda yuqori natijalarga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etdi hamda Tatariston xalqiga ezgu tilaklarini bildirdi.

 

Uchrashuv davomida Shavkat Mirziyoyev va Rustam Minnixanov O‘zbekiston hududlarining Tatariston bilan o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorligini yanada kuchaytirish masalalarini muhokama qildi. So‘nggi yillarda yetakchi korxonalarning sanoat kooperatsiyasi va faol gumanitar almashinuv o‘zining amaliy natijalarini berayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Faol muloqotlar va o‘zaro tashriflarni davom ettirish, O‘zbekiston hududida qo‘shma iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatini kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//