Jamiyat
1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qariyb 30-yil deganda ilk bor yangilanmoqda.
Mazkur qonun loyihasi bugun, 23-oktyabr kuni Oliy Majlis Senatining ellik toʻqqizinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.
“Davlat sirlari bilan tanishish va tanishishga ruxsat berish tartibi, maxfiylashtirilmaydigan maʼlumotlar toifalari, davlatlar oʻrtasida davlat sirlarini oʻzaro almashish tizimi amaldagi qonunda tartibga solinmaganligi bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan ochiqlik va axborot almashish talablariga ziddir”, deydi Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Tolibjon Madumarov hujjatning yangilanishiga izoh berish davomida.
U qonunning eski varianti mutaxassislar tomonidan tahlil qilinganda unda takomillashtirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi kerak boʻlgan normalar mavjudligi aniqlanganini aytadi.
Maʼlumot uchun, davlat sirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar 4 toifaga boʻlinadi:
▪️ Harbiy sohadagi;
▪️ Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy sohadagi;
▪️ Razvedka va kontr-razvedka, tezkor qidiruv faoliyati va boshqa davlat xavfsizligi yoʻnalishlariga oid;
▪️ Iqtisodiyot, taʼlim va texnika sohalariga oid.
Ushbu roʻyxat hukumatning 1994-yildagi qarori bilan tasdiqlangan yoʻriqnomada maxfiy grifda berilgan boʻlib, endilikda uning qonun bilan ochib berilishi bugungi kundagi ochiqlik siyosatiga mos keladi.
Jumladan, davlat sirlaridan foydalanish huquqi 18 yoshga toʻlgan shaxslarga berilishi, Oʻzbekiston fuqarosi boʻlmaganlarga esa ruxsatnoma xalqaro shartnomalar va Oʻzbekiston qonunchiligi talablariga mos kelishi sharti bilan berilishi mustahkamlab qoʻyilmoqda.
Bundan tashqari, yangilangan hujjatda maxfiylashtirilmaydigan maʼlumotlar roʻyxati va ushbu maʼlumotlarni maxfiylashtirish boʻyicha asossiz qaror qabul qilganlik boʻyicha javobgarlik belgilash, fuqarolarning shaxsiy xavfsizligiga tahdid soladigan axborotlarni davlat sirlariga kiritilishini maʼn etish aniq belgilanmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q