Jamiyat
Temir yoʻl, havo transporti va avtobus qatnovlari haqida maʼlumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma ishlab chiqiladi. Bu boʻyicha Transport vazirligi 21-oktyabr kuni buyruq chiqardi.
Unga koʻra, “Raqamli transport” markazi davlat muassasasidan “E-ticket” yagona multimodal platformasining texnik topshirigʻi loyihasini ishlab chiqish va Transport vazirligiga kiritish soʻralgan.
Shuningdek, joriy yilning 1-dekabridan “Uztrans” axborot tizimida transportning barcha turlari uchun chipta qidirish imkoniyatiga ega modul faoliyati toʻxtatiladi.
“Uzbekistan Airways” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2024-yil 22-oktyabr kunigacha platformani ishlab chiqish davomida integratsiya ishlarini amalga oshirish uchun oʻz axborot tizimlaridan onlayn chipta sotishni nazarda tutuvchi “API” maʼlumotlarini taqdim etadi.
Yangi platforma 20-noyabr sanasiga qadar tajriba–sinov tariqasida ishlab chiqiladi va ishga tushiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q