Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan BRIKS birlashmasi davlatlarining sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida boʻladi. Bu haqda Oʻzbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga koʻra, Rossiya raisligida oʻtkaziladigan “BRIKS plyus” formatidagi yalpi sessiyada Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlaydi.
Sammit kun tartibidan inklyuziv va barqaror taraqqiyotni taʼminlash maqsadida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan. Shuningdek, global siyosatning dolzarb jihatlari muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, tashrif dasturida qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
Maʼlumot uchun, BRIKS birlashmasi 2006-yilda tashkil etilgan. Hozirda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Misr va Efiopiya uning aʼzolaridir.
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112429
Jamiyat
95089
Jamiyat
91307
Jamiyat
76007
Jamiyat
//
Izoh yo‘q