Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan 23-24-oktyabr kunlari Qozon shahrida boʻladi.
Davlat rahbari u yerda Rossiya tomoni raisligida oʻtkaziladigan BRIKS birlashmasi davlatlarining sammitida ishtirok etadi hamda “BRIKS plyus” formatidagi yalpi sessiyada nutq soʻzlaydi.
Xabarda aytilishicha, uchrashuv kun tartibidan inklyuziv va barqaror taraqqiyotni taʼminlash maqsadida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.
Shuningdek, global siyosatning dolzarb jihatlari ham muhokama markazida boʻladi.
Bundan tashqari, tashrif dasturida qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, BRIKS birlashmasi 2006-yilda tashkil etilgan boʻlib, hozirda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Misr va Efiopiya unga aʼzo davlatlar hisoblanadi.
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q