Senatning navbatdagi yalpi majlisi 23-oktabr kuni chaqiriladi

Saqlash
16:56 / 22.10.2024 93 0

 

Senatning 59-yalpi majlisi chorshanba kuni chaqiriladi. Unda telekommunikatsiya, ipakchilik, Qurolli kuchlar, soliq, bojxona sohalariga doir kodeks va qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish masalalari muhokama qilinadi.

 

Oliy Majlis Senatining 59-yalpi majlisi 23-oktabr kuni chaqiriladi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi

 

Ta’kidlanishicha, yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan. Jumladan, telekommunikatsiya, ipakchilik sohalari, ombudsman, Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xizmat faoliyatiga oid qonunlar ko‘rib chiqiladi.

 

Kun tartibidan, shuningdek, Soliq, Bojxona, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, xalqaro tashkilotlarning bir qator hujjatlarini ratifikatsiya qilish haqidagi qonunlar o‘rin olgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//