Ayrim saylov uchastkalarida elektron ovoz berish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi

Saqlash
14:41 / 22.10.2024 130 0

Xoʻsh, elektron ovoz berish qanday amalga oshiriladi?

 

Avvalo, aytish kerakki, onlayn ovoz berish bilan elektron ovoz berish bir narsa emas. Bunda elektron ovoz berish onlayn ovoz berishdan farq qiladi.

 

Masalan, onlayn ovoz berishda saylovchi shaxsiy kompyuteri orqali internetdan ovoz berishi mumkin. Elektron ovoz berishda esa saylovchi saylov uchastkasiga borib, elektron ovoz berish uskunasi orqali ovoz beradi.

 

Elektron ovoz berish deb saylovchi tomonidan anʼanaviy qogʻoz byulleteni orqali emas, balki maxsus qurilmadagi elektron byulletenidan foydalanib ovoz berishga aytiladi.

 

Hozirda bu amaliyot Toshkent shahridagi ayrim saylov uchastkalarida sinov tariqasida yoʻlga qoʻyilmoqda.

 

Ovoz berish kunida bunday saylov uchastkasiga kelgan saylovchi xohishiga koʻra elektron tarzda yoki qogʻoz byulletenlaridan foydalangan holda ovoz berishi mumkin.

 

Yangi amaliyotni joriy etishdan maqsad fuqarolarga yengillik yaratishdir. Chunki elektron ovoz berishda fuqaro nomzodlarning roʻyxatini qogʻoz shaklida koʻtarib yurmaydi. Nomzodlar elektron qurilmada koʻrsatiladi. Saylovchi oʻz nomzodini tanlaydi , qurilma esa u tanlagan nomzodlar roʻyxatini chop etib, qogʻozni avtomatik tarzda saylov qutichasiga tashlaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//