Endi tibbiyot oliygohlarining talabalari ishlash uchun ham imtihon topshiradi

Saqlash
15:15 / 22.10.2024 276 0

2024/2025-oʻquv yilidan boshlab barcha davlat va nodavlat tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida ikki bosqichli davlat imtihonlarini oʻtkazish tizimi joriy etiladi.

 

Bunda 1-bosqich fundamental fanlar boʻyicha oʻtkaziladi va u yakuniy davlat imtihonlari hisoblanadi.

 

2-bosqichda esa talabalarning klinik fanlarni oʻzlashtirganlik darajasi baholanadi. Aynan mazkur klinik imtihonlardan oʻtgan talabalargagina shifokor boʻlib ishlashiga ruxsat beriladi.

 

Yaʼni, agar talaba dastlabki imtihonni muvaffaqiyatli topshirsa, bu unga kursdan kursga oʻtish imkonini beradi. Klinik bilimlarga oid sinovlar boʻlsa talabaning oʻqishdan tashqari mehnat faoliyatini taʼminlaydi. Agar u bu imtihonda yaxshi natija koʻrsata olmasa amaliyotda shifokor boʻlib ishlashiga ruxsat berilmaydi.

 

Maʼlumot uchun, Hukumat qarori bilan 2022/2023-oʻquv yilidan barcha tibbiyot OTMning “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” taʼlim yoʻnalishlari bitiruvchi kurs talabalari oʻquv yilining 1-semestri (5 oy) davomida doimiy yashash joylaridagi tibbiyot muassasalarida amaliyot oʻtashi hamda maʼruza va oʻquv mashgʻulotlarining nazariy qismi masofaviy shaklda olib borilishi belgilangan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//