Mahallalarda jismoniy faollik reytingi tuziladi

Saqlash
14:17 / 22.10.2024 248 0

Kuni kecha Prezident rahbarligida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida sogʻlom turmush tarzini keng ommalashtirish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi.

 

Jumladan, davlat rahbari badantarbiya qilish, yugurish, velosiped haydash kabi odatlarni targʻib qilish, yengil kasalliklarni ham dori bilan tuzatishga oʻrganib qolishning oldini olish zarurligini taʼkidladi.

 

Bu yoʻnalishda esa ommaviy dasturlar ayniqsa 30 yoshdan katta aholiga moʻljallanadigan boʻldi.

 

Shu sababli ham Sport vazirligiga 30 yoshdan katta aholini ommaviy sport bilan qamrab olish dasturini yoʻlga qoʻyish topshirildi.

 

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, “mahalla yettiligi”ni odamlarni jismoniy mashq, yurish, yugurish, velosiped haydashga chorlashda faol ishtirok etishga chaqirdi.

 

Qayd etilishicha, endi professional va maktablarda faoliyat yuritayotgan sport trenerlari mahallalarga biriktiriladi. Tibbiyot brigadalari, oilaviy shifokor va poliklinikalarida ham aholini toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarziga oʻrgatish boʻyicha yangi-yangi yondashuvlar joriy etiladi.

 

Targʻibotni faol davom ettirish uchun esa mahallalarning jismoniy faollik reytingi tuziladi va eng yaxshi mahalla hamda oilalar ragʻbatlantirilib boriladi.

 

Yigʻilishda mutasaddilar amalga oshiriladigan chora-tadbirlar boʻyicha topshiriqlar oldi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//