Umumiy ovqatlanish joylarining yarmidan koʻpida taomnomalar oʻzbek tilida emas

Saqlash
16:49 / 21.10.2024 293 0

Raqobat qoʻmitasi respublikada faoliyat yuritayotgan 700 ga yaqin umumiy ovqatlanish korxonalarida nazorat tadbirlarini oʻtkazdi.

 

Yakunda bunday subyektlar tomonidan isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatishda ovqat tayyor boʻlish vaqti, narxi va toʻlash shartlari haqida toʻgʻri, tushunarli maʼlumot taqdim etmaslik, taomnomalarda tayyor ovqatlarning hajmlari koʻrsatilmaganligi, yoʻl boʻyida, sanitar qoidalariga nomuvofiq joylarda ovqat tayyorlash, tayyor ovqatni yetkazib berish, tashish va saqlashdagi muammolar borligi oydinlashgan.

 

Jumladan:

▪️ 524 tasida (yoki 75 foizida) taomnoma davlat tilida berilmasligi;

 

▪️ 480 tasida (yoki 69 foizida) esa ish rejimi koʻrsatilmasligi;

 

▪️ 449 tasida (yoki 65 foizida) taom narxlari mavjud emasligi;

 

▪️ 429 tasida (yoki 62 foizida) avtoturargohlar yoʻqligi;

 

▪️ 519 tasida (yoki 74,6 foizida) favqulodda vaziyatlar uchun chiqish yoʻlaklari yetishmasligi aniqlangan.

 

Qoʻmita mazkur kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan vakolatli organlarga tegishli tartibda maʼlumotlar kiritilganini maʼlum qildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//