Partiyalardan biri Oʻzbekistonda “Otalar kuni”ni nishonlashni taklif qildi

Saqlash
22:41 / 18.10.2024 430 0

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Oʻzbekistonda “Otalar kuni”ni nishonlashni taklif qilmoqda.

 

Bundan koʻzlangan maqsad esa oilaviy anʼanalar, axloqiy qadriyatlar va huquqiy mezonlarni takomillashtirish, oila shaʼni va shavkati himoyachisi – erkaklarning oiladan, bola tarbiyasidan uzoqlashishining oldini olishdir.

 

Partiyaning saylovoldi dasturiga koʻra, oila jamiyat va davlat muhofazasida boʻlishi, nikoh Oʻzbekiston xalqining anʼanaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanishi, davlat tomonidan oilaning toʻlaqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratilishi shart.

 

Bundan tashqari, OʻzMTDP erta nikoh, voyaga yetmagan qizlarni unashtirish yoki “ogʻiz solish” bilan bogʻliq salbiy udumlarning oldini olishni ham ilgari surmoqda. Bunda partiya vakillari milliy qadriyatlarga zid boʻlgan oila tushunchasi, gender oʻlchovlariga qarshi kurashning huquqiy asoslarini kuchaytirish, ota-onaning farzand tarbiyasidagi rolini hamda ularning bolalar xavfsizligini taʼminlashdagi masʼuliyatini oshirish zarur deb hisoblaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//