Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi

Saqlash
15:24 / 18.10.2024 367 0

Sharifxoʻjayev Usmon Ulfatovich Ijtimoiy himoya agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlangani bois Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

 

Sharifxoʻjayev 2023-yil Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida mazkur lavozimda ish boshlagan edi. U bundan oldin, yaʼni 2020–2023-yillarda ham Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

 

Maʼlumot uchun, Sharifxoʻjayev 2007-yilda Toshkent moliya instituti, 2011-yilda Xalqaro Vesministr universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari hamda Prezident Administratsiyasi yoshlar, fan, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻlinmasi taʼlim shuʼbasi mudiri sifatida ishlagan.

 

U 2024-yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan ham taqdirlanagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//