Jamiyat
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoyishi qabul qilindi.
Unda yozilishicha, bosh qomusning 32 yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash uchun “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” mazmunidagi bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar samarali tashkil etiladi.
Bunda bayramni bugungi davr ruhiga hamohang tarzda nishonlash maqsad qilingan boʻlib, quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratiladi:
▪️ yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yoʻnalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida mahallalar, taʼlim va mehnat jamoalarida maʼrifiy uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish;
▪️ soʻnggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-maʼnaviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning oʻrni va rolini yoritish;
▪️ “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga oʻtilganligini ochib berish;
▪️ mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini taʼminlash, sogʻliqni saqlash, ilm-fan, madaniyat, sanʼat va sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, oila, onalik, bolalik va otalikni himoya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini keng targʻib qilish;
▪️ “Konstitutsiya oyligi” doirasida umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida barcha oʻquvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini oʻtkazish.
Hujjatga binoan, bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi hamda tashkiliy qoʻmita ham tasdiqlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q