Toshkentdagi xususiy universitetlardan biri oʻz faoliyatini tugatdi

Saqlash
10:04 / 18.10.2024 193 0

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi litsenziya talab va shartlariga amal qilmaganligi uchun “Digital university” MCHJga berilgan 038673-sonli litsenziya bekor qilinganini eʼlon qildi.

 

Bayonotga koʻra, bekor qilish Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2024-yil 10-oktyabrdagi hal qiluv qaroriga asoslangan.

 

Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini yuritish uchun beriladigan ushbu ruxsatnomani IDU (International Digital University) 2022-yil 13-sentyabr sanasida olgan edi.

 

Maʼlumot uchun, OTM 2021-yil Toshkent shahrida tashkil etilgan. U Angliyaning “Wolverhampton” universiteti tomonidan bakalavr dasturlari (IT sohasida) uchun validadatsiyaga ega universitet hisoblanar edi.

 

IDU'da talabalar 2 ta fakultet (Biznes va IT) boʻyicha oʻzbek va ingliz tillarida oʻqitilgan. Kontrakt summasi 13 mln soʻmdan 35 mln soʻmgacha boʻlib, bunda stipendiya va yotoqxona bilan taʼminlash tizimi yoʻlga qoʻyilmagan.

 

Sobiq xususiy universitet bu yil 400 ta qabul kvotasini eʼlon qilgan edi. Shundan 100 ta oʻrin grant uchun ajratilgan.

 

Oldinroq 5 ta xususiy OTMning faoliyati toʻxtatilishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//