
Jamiyat
Toshkent shahri hokimligi va “Toshkent invest” kompaniyasi Yangihayot tumanida jamoat savdo-ko‘ngilochar bulvarini qurish uchun investor qidirmoqda. Uzunligi 1 km bo‘lgan ushbu bulvarda tamaddixonalar, sport, savdo va bolalar uchun ko‘ngilochar joylar bo‘ladi.
Toshkent shahri hokimligi “Toshkent invest” kompaniyasi bilan birgalikda poytaxt tadbirkorlariga Yangihayot tumanida davlat-xususiy sherikligi (DXSH) asosida jamoat savdo va ko‘ngilochar bulvarini tashkil etish bo‘yicha ekologik loyihada ishtirok etishni taklif qildi.
“Ushbu bulvar – bolalar bilan dam olish, gastronomiya, ko‘ngilochar tadbirlar va shahar hayoti birlashadigan joy bo‘ladi”, – deyiladi poytaxt hokimligi xabarida. Rejaga ko‘ra, bulvar hudud aholisining sport, savdo-sotiq bilan shug‘ullanishi uchun ham imkoniyat yaratadi.
Loyiha inshootlari yengil konstruksiyalardan quriladi, bu esa investorlar uchun qurilish jarayonini tezlashtiradi, deyiladi xabarda. Dastlabki bosqichda loyiha quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
gastronomik hudud: qahvaxonalar, restoranlar, tez tayyorlanuvchi taomlar (fast food) va boshqalar;
sport hududi: fitnes markazi, basketbol maydonchasi, futbol maydoni va ko‘cha sporti uchun boshqa inshootlar, shuningdek, sport tovarlari do‘konlari;
savdo hududi: kiyim-kechak do‘konlari, eko bozor va boshqa savdo binolari;
bolalar ko‘ngilochar hududi: batut markazi, o‘yin maydonchalari va bolalar avtodromi.
Loyiha maydoni 3,1 gektarni, bulvarning uzunligi esa 1 kilometrni tashkil etadi. Rejalashtirilgan konteynerlar (savdo maydonchalarini joylashtirish uchun) 250 ta bo‘ladi.
Hokimlikning qayd etishicha, obyekt davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida investorga uzoq muddatli ijaraga berilishi mumkin.
Bulvar Yangixayot tumani, Sergeli-8 turar joy massivi, Toshkent halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab quriladi.
Loyihaning dastlabki konsepsiyasi allaqachon ishlab chiqilgan bo‘lib, uni “Toshkent invest” kompaniyasi bilan bog‘lanish orqali ko‘rish mumkin.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q