Siyosat
Otabek Tursunov 17-oktyabr kuni Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tursunov hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.
Otabek Tursunov 1984-yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. 2007-yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Ilk mehnat faoliyatini Andijon shahar “Sanoat qurilish temp” MCHJ taʼminotchisi vazifasidan boshlagan. Faoliyati davomida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida masʼuliyatli lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar, Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
109725
Jamiyat
94104
Jamiyat
89890
Jamiyat
73090
Jamiyat
//
Izoh yo‘q