Jamiyat
2024-yilning ikkinchi yarmida oʻtkaziladigan attestatsiya oldidan pedagoglarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning sinovlarga tayyorgarlik koʻrishi uchun sharoit yaratish maqsadida umumtaʼlim fanlari boʻyicha diagnostika testlari tashkil etilmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha diagnostika testlarini endi Qoraqalpoq tilida ham amalga oshirish mumkin boʻladi.
Xabarga koʻra, bunday qulaylikni yaratishda koʻplab pedagoglarning talab va istaklariga eʼtibor qaratilgan.
Maʼlumot uchun, test sinovlarida pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha 35 ta, kasb standartidan 5 ta, ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi.
Mazkur jarayondan koʻzlagan maqsad esa pedagoglarga haqiqiy attestatsiya muhitini yaratib berishdir.
Test savollari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan eʼlon qilingan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantiriladi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112182
Jamiyat
94866
Jamiyat
90942
Jamiyat
75723
Jamiyat
//
Izoh yo‘q