Jamiyat
Kuzning oʻrtasiga kelib kunlar sezilarli darajada soviy boshladi. Bitta isitish tizimiga ulangan poytaxt aholisi bunday paytda uylar issiq boʻlishini xohlaydi.
Veolia Energy Tashkent issiqlik taʼminoti kompaniyasi mazkur holatni inobatga olib shahar aholisiga isitish tizimi qachon yoqilishini maʼlum qildi.
“Sovuq kunlar mavsumida xonadoningiz issiq va qulay muhitda boʻlishi qanchalik muhim ekanligini tushunamiz.
Issiqlik taʼminoti Toshkent shahar hokimining tegishli qarori chiqishi bilan yoqiladi”, deyiladi kompaniya xabarida.
Taʼkidlash lozim, isitish tizimi odatda noyabr oyining boshida yoqilar edi. Biroq bunda fasllarga emas, haroratga eʼtibor beriladi.
Masalan, isitish davri tashqi havoning oʻrtacha sutkalik harorati ketma-ket 5 kunlik davrda 8 darajadan past boʻlgan paytdan boshlanadi. Bu “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Hukumat qarorida belgilab koʻrsatilgan.
Xabarda isitish davri yoqilishining aniq sanasi maʼlum boʻlishi bilan biz rasmiy xabar berilishi aytilgan.
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
109725
Jamiyat
94104
Jamiyat
89890
Jamiyat
73090
Jamiyat
//
Izoh yo‘q