Jamiyat
Joriy yilning 3-aprelidan Yangi Toshkent shahrida ilk inshootlar qurilishi boshlanganidan xabaringiz bor.
Bunda birinchi navbatda jahonga mashhur Zaha Hadid architects kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan madaniy obyektlar majmuasini qurish ishlariga eʼtibor qaratildi.
Kecha ushbu Zaha Hadid architects byurosi hozirda qurilish ishlari davom etayotgan majmua loyihasini taqdim etdi.
Xabarga koʻra, loyida Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi va Milliy maqom markazini oʻz ichiga oladi. Shuningdek, majmua tarkibida davlat adabiyot muzeyi, 400 oʻrinli zal, xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, 200 oʻrinli oʻzbek tili, adabiyoti va musiqasi maktabi ham boʻladi.
Markaz anʼanaviy oʻzbek naqshlari va zamonaviy dizayn tamoyillari bilan boyitilgan monumental arxitektura namunasi boʻlishi kutilmoqda. Meʼmorlar uni qurishda Oʻzbekiston meʼmorchiligi tarixiga tayanishgan.
Jumladan, markazning ark shaklidagi peshtoqlari va ichki qismi Toshkentdagi mahalliy pechlarda ishlab chiqarilgan gʻishtdan quriladi.
Hovlida esa yorugʻ, ochiq havoda turli xil yigʻilishlar va shaxsiy ijod bilan shugʻullanishga moʻljallangan maydoncha boʻladi.
Markaz elektr energiyasini isteʼmol qilishda passiv sovitish tizimiga ega boʻladi. Yaʼni, qurilishda Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqning iqlimi inobatga olinib, sovitish tizimida shamoldan ham foydalanishga eʼtibor qaratilgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q